Vaqtincha poytaxt hokimi bo‘lgan Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahri hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U avval ham hokim o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Yaqinda tayinlangan Toshkent hokimi v. b. Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimligida kadrlar almashinuvini davom ettirmoqda. U budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishiga buyurtmachi vazifasini bajaruvchi «Yagona buyurtmachi xizmati» rahbarini ham almashtirdi.
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevning yordamchisi bo‘lib ishlagan Muzaffar Abdurahmonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.
«Navoiy ko‘chasiga tramvay qaytarilmaydi», — deya ma’lum qildi Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov. «Gazeta.uz» e’lon qilgan maqoladan keyin hokimlik ko‘chani rekonstruksiya qilish loyihasiga o‘zgartishlar kiritdi — u yerga avtobuslar uchun yo‘lak qo‘shildi va chorrahalardan biri o‘zgartirildi.
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi mahallalardan birining raisini haqorat qildi va jismoniy kuch ishlatdi, deb xabar berdi Mahalla vazirligi.
Olmazor tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Avvalroq, ushbu lavozimni egallab turgan Davron Xidoyatov Toshkent viloyatiga hokim bo‘lgan edi.
2019 yildan shu kunga qadar Olmazor tumani bo‘yicha IIOFM boshqarmasi boshlig‘i Abdumajid Mullajanov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. U Baxtiyor Rahmonovning o‘rnini egalladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting